Bugun, 10-fevral kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida Din ishlari bo'yicha qo'mitaning Andijon viloyati hududiy boshqarmasi mutaxassislari hamkorligida "Ma'rifat o'rnini radikallashuv va jaholat egallashiga yo'l qo'ymaymiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda universitetimiz prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Dastlab, Diniy ishlar bo'yicha viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassisi F.Rustamova bugungi kunda Yoshlar o'rtasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash va doimiy nazoratga olish, bugungi kunda taʼlim muassasalarida talaba-yoshlarning tarbiyasi borasida hamkorlikda ish tashkil etish, chet davlatlariga chiqib ketayotgan yoshlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni tezkorlik bilan taqdim qilish, ularning oila aʼzolari bilan olib qolish choralarini koʻrish, Misr va Turkiya davlatlariga diniy taʼlim olish uchun ketgan yoshlarni doimiy yashash joylariga qaytarish maqsadida ularning ota-onalari, yaqin qarindoshlari orqali targʻibot ishlarini muntazam tashkil etish haqida qator misollar bilan tushuntirib oʻtdi.
Suhbat davomida, xodimlar va talaba-yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish, talaba-yoshlarda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish va ularni milliy qadriyatlarimizni e’zozlash ruhida tarbiyalash, bag‘rikenglik va diniy-ma’naviy muhitni yaxshilash borasida ishlarni takomillashtirish zarurligi takidlandi.
Tashkil etilgan davra suhbatidan ishtirokchilar o'zlari uchun kerakli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI