Andijon Davlat
Universiteti
JISMONIY MADANIYAT FAKULTETINING BITIRUVCHI KURS TALABALARI BILAN UCHRASHUV O'TKAZILDI
2023-02-10    413

Joriy yilning 9-fevral kuni Andijon davlat universitetining 2-talabalar turar joyida jismoniy madaniyat fakultetining bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Andijon viloyat boshqarmasi vakillari bilan uchrashuv tаshkil etildi.

 

Ushbu uchrashuvda marketing va talabalar amaliyoti bo'limi boshlig'i S.Shamsitdinov, Andijon viloyati Milliy gvardiya boshqarma boshlig'i o'rinbosari M.Rahimov hamda fakultet dekani Z.Jumaqulov va fakultetning 80 dan ziyod talabalari ishtirok etdi.

 

Mazkur uchrashuvda mutaxassislar tomonidan Milliy gvardiya tizimining bugungi kundagi faoliyati hamda tizimdagi xodimlarga berilayotgan imtiyozlar, imkoniyatlar va shart-sharoitlar, tizimga ishga qabul qilish bo'yicha asosiy talablari haqida talaba-yoshlarga ma'lumot berildi.

Uchrashuv so'nggida 20 nafar bitiruvchilarning hujjatlari nomzodlikka loyiq deb topilib, ularning maʼlumotlari tanlovda qatnashishlari uchun tavsiya etildi hamda milliy gvardiya tizimida ishlash istagi bor lekin hozirda musobaqa safarlarida bo'gani uchun qatnasha olmagan 12 nafar bitiruvchilarning maʼlumotlari Milliy gvardiya xodimlariga taqdim etildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.