Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA ALISHER NAVOIYNING 582 YILLIGIGA BAG'ISHLANGAN MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIR O'TKAZILDI
2023-02-09    364

Respublikamizda buyuk mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi, yurt obodligi, xalq farovonligi, ma’naviyat va madaniyat rivojiga beqiyos darajada hissa qo‘shgan Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi keng nishonlanmoqda.

 

Bugun Andijon davlat universitetida ham sana munosabati bilan buyuk shoir va davlat arbobi, o‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan adabiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi.

 

Ushbu tadbirda viloyat Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, viloyat madaniyat boshqarmasi xodimlari, universitetimiz professor-o'qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi. 

Dastlab, tantanali marosimni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi va shoirning boy adabiy merosi, ma’naviyatimiz xazinasi bo'lgan asarlari haqida so'zlab, buyuk allomaning asarlarini doimiy mutolaa qilishga undash bugungi kunning muhim jarayoni hisoblanishini ta’kidlab o‘tdi.

 

Tadbirda Andijon viloyati na'munaviy maqomchilar ansambili tomonidan Navoiyning g'azallaridan qo'shiqlar, go'zal raqslar namoyish etildi. Shu bilan birga, "Nihol" va Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlarining yakkaxon chiqishlari tadbir ishtirokchilariga ko'tarinki kayfiyat ulashdi. Talabalar tomonidan g‘azallar o‘qildi.

 

Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, Alisher Navoiy ijodi bilan yana bir bor yaqindan tanishishlari uchun xizmat qildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.