Andijon Davlat
Universiteti
"YILNING ENG FAOL TALABALAR TEATR STUDIYASI" RESPUBLIKA TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHI O'TKAZILDI
2023-02-07    455

Xabaringiz bor, Andijon davlat universitetida “Yilning eng faol talabalar teatr studiyasi” tanlovi haqida e'lon bergan edik.

Bugun, 7-fevral kuni Andijon davlat universitetining faollar zalida ushbu tanlovning universitet bosqichi bo'lib o'tdi.

Mazkur tanlovda fakultetning 12 nafar talabalaridan tashkil topgan jami 4 ta jamoa ishtirok etib, g'oliblik uchun o'zlarining bor mahoratlarini namoyish etdilar.

Ushbu tanlovda fakultet mas'ullari tomonidan millatimizga xos goʻzal udumlar, oʻlmas qadriyatlar ziynatini oʻziga xos tarzda tarannum qilgan "Kunduzsiz kechalar" , "Arshin Malolon' nomli spektakllar talabalar tomonidan sahnalashtirildi.

O'tkazilgan tanlovning yakuniy natijalariga ko'ra:

1-oʻrin Sanʼatshunoslik fakultetining "Qaqnus" jamoasi
2-oʻrin Filologiya fakultetining "Hurriyat" jamoasi
3-oʻrin Tabiiy fanlar fakultetining "Ekostudy" jamoasi egalladi.

Tadbir so'nggida g’olib bo’lgan jamoa universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.