“Androgogika” tushunchasi ilmiy rusumga nemis pedagogika tarixshunosi A.Kapp tomonidan kiritilgan. U “pedagogika” so‘ziga o‘xshash tuzilgan bo‘lib, grek tilidan kelib chiqqan (andros – erkak, odam; agogeyn – olib borish, yetaklash). So‘zma-so‘z tarjima qilinganda androgogika – bu “katta odamni boshqarish, yetaklash”ni bildiradi. Bu atama pedagogik voqelikdan vujudga kelgan ekan, unda so‘z katta yoshdagi odamni ta’lim orqali boshqarish, yetaklash to‘g‘risida boradi.
Shu yilning 26-28 mart kunlari Andijon davlat universiteti o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazida Germaniya Federativ Respublikasi Xalq universitetlari Nemis Assatsatsiyasi (DVV)ning O‘zbekistondagi Filiali bilan hamkorlikda Katta yoshdagilar ta’lim loyihasi dasturi asosida “Interfaol ta’lim metodlari” mavzusida mintaqaviy seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari O‘MKHT tizimi androgogik ta’lim jarayonida faoliyat olib borayotgan 21 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
Seminar-trening mashg‘ulotlari moderatorlar O‘MKHTTKMO va UQTI o‘qituvchi-lari Iroda Ismoilova hamda Hamidaxon Hakimjonovalar tomonidan yuqori metodik mahorat bilan olib borildi. Ilg‘or milliy va xorijiy metodik tajribalar uyg‘unligida tashkil tashkil etilgan trening mashg‘ulotlari qatnashchilarning qizg‘in faolligida: bahs-munozaralar, ta’limiy tortushuvlar, metodik izlanishlarga boy holda o‘tkazildi. Seminar-trening qatnashchilari interfaol ta’lim metodlarini nazariy jihatdangina o‘rganb qolmay, ularni amaliy qo‘llash borasida yetarli ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI