Andijon viloyatida ham muqobil energiya manbalaridan foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini joriy etilishi yuzasidan, bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun 4- fevral kuni Andijon davlat universitetiga viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo'yicha soha mutaxassislari bilan uchrashish maqsadida tashrif buyurdi.
Dastlab, viloyat rahbari universitetning qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasi, yarim oʻtkazgichlar texnologiyasi laboratoriyasi faoliyati bilan tanishib, universitetning asosiy binosida tashkil etilgan quyosh paneli, mini quyosh fotoelektrik stansiyasi, mini ges hamda harakatlanuvchi quyosh paneli kabi ijodiy ishlar koʻrgazmalari bilan tanishdi.
Shundan so'ng, faollar zalida ushbu soha olimlari, ilmiy ish olib borayotgan malakali kadrlar, shuningdek, tuman-shaharlardan kelgan mutaxassislar bilan qizg'in suhbat olib bordi va ularning fikr-mulohazalarini tingladi.
Uchrashuv so'nggida, Shuhratbek Abdurahmonov barcha tashkilot rahbarlariga joriy yilning sentabr oyiga qadar, o'zini elektr energiyasi bilan ta'minlash bo'yicha qat'iy topshiriqlarni belgilab berdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI