Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETDA "MA'RIFAT MAYDONI" RESPUBLIKA TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI O'TKAZILDI
2023-02-03    377

Ma'lumki, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan talaba-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng targ'ib qilish, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish hamda o'z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida "Ma'rifat maydoni" respublika tanlovi o'tkazilmoqda.

 

Bugun, 3-fevral kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida ana shu tanlovning viloyat bosqichi o'tkazildi. Unda viloyatda mavjud 6 ta oliy ta'lim muassasalari vakillaridan iborat jamoalar o'zaro bellashdilar.

 

 

Jamoalar tanishtiruv, qisqa savol-javob va sahna ko'rinishi kabi uch shart asosida kuch sinashdi. Har bir jamoaning chiqishi bir-biridan o'ziga xosligi hamda turfa xilligi bilan ajralib turdi.

 

 

Tanlovning yakuniy natijalarga ko'ra:
1-o'rinni
2-o'rinni
3-o'rinni - Andijon davlat tibbiyot institutining "Tong yulduzi" jamoasi;
4-o'rinni - Andijon davlat chet tillari institutining "Iste'dotli yoshlar" jamoasi
5-o'rinni - Andijon davlat qishloq xo'jaligi va agra texnologiyalari institutining "Ijodkor" jamoasi egalladi.

 

Eslatib o'tamiz, tanlovning respublika bosqichida g'olib bo'lganlar quyidagi tartibda:

1-o'rin - 40 million so'm,
2-o'rin - 25 million so'm,
3-o'rin - 20 million so'm,
4-o'rin - 10 million so'm,
5-o'rin - 5 million so'm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.


Tadbir so'nggida g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar, tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi. G'oliblarni samimiy qutlaymiz va respublika bosqichidagi ishtirokida omad tilab qolamiz. 

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.