Andijon Davlat
Universiteti
KORRUPSIYASIZ JAMIYAT - RIVOJLANISHNING ASOSIY OMILI
2023-02-03    464

Korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda kurash olib borilayotgan jabhalardan biridir. Bu borada qator rivojlangan mamlakatlarning modullari ham yaratib ulgurilgan. Shu boisdan mamlakatimizdagi har bir tashkilot bu illatga qarshi birdek samarali kurashib kelmoqda.

Andijon davlat universitetida ham korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tuzilgan bo'lib, u muntazam ravishda ish olib bormoqda.

Ana shu kabi samarali davra suhbatlaridan biri kuni kecha universitetning sirtqi ta'lim filologiya yo'nalishi talabalari ishtirokida bo'lib o'tdi. “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish” mavzusidagi davra suhbatida bir qator masalalar o'rganib chiqildi.

Davra suhbatida, dastlab, boʻlim boshligʻi A.Akbarov soʻz olib, bugungi kunda Prezidentimiz tashabbusi bilan barcha jabhalarda korrupsiyaga qarshi kurash olib borilayotganligi, shu boisdan biz ham qarab turmasligimiz va kurashishimiz lozimligi ta'kidlab o'tdi.

Suhbat davomida bo'lim boshlig'i tomonidan semestr yakunlari davomida o‘tkaziladigan joriy, oraliq va yakuniy nazorat imtihonlari, bitiruv malakaviy ishlari tayyorlanishida korrupsion holatlarning oldini olish hamda adolatli va shaffoflikka erishish kerakligini aytib o'tdi.

Talabalarga bunday ishlarga duch kelganda yoki guvohi bo'lgan taqdirda bo'limning telegramdagi botiga va ishonch telefoniga murojaat qilishlari tushuntirildi.

Davra suhbatida xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi M.Botirov ham so'z olib, kasaba uyushmasi tomonidan talabalarning huquq va erkinliklarini kafolatlanganligini va har qanday muammo va masalaga duch kelgan taqdirda kasaba uyushmasi tomonidan himoya qilinishini tushuntirib o'tdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.