Bugun, 2-fevral kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor ta'lim muassasamizda tahsil olayotgan 2-bosqich magistrantlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuvda fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, magistrlarning ilmiy rahbarlari, magistratura bo‘limi mutaxassislari hamda magistrlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda prorektor Rustamjon Mullajonov magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalarning magistrlik dissertatsiyasi va ilmiy-tadqiqot ishlari, magistratura mutaxassisligi boʻyicha maqsadli kasbiy taʼlim, oʻquv reja dasturlarini oʻzlashtirish hamda stajirovka oʻtash dasturida belgilangan topshiriqlarni belgilangan tartibda bajarilishini nazorat qilish bo'yicha mas'ullarga aniq ko'rsatmalar berdi.
Bundan tashqari, prorektor uchrashuvda magistrlar bilan yaqindan suhbatlashib, ularning taklif va mulohazalarini tingladi va magistrlarning ikki yillik ilmiy-pedagogik faoliyatini samarali olib borilishi borasida tavsiyalar, ilmiy ko’rsatmalar berib o'tdi.
Uchrashuv so'nggida magistrlar ham o'zlarini qiziqtirgan savollarga prorektordan batafsil javob oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI