Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA "KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA UNING OLDINI OLISH" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O'TKAZILDI
2023-01-31    359

Joriy yilning 31-yanvar kuni universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan sirtqi bo'lim texnologik ta'lim yo'nalishi talabalariga “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

 

Davra suhbatida, dastlab, boʻlim boshligʻi A.Akbarov soʻz olib, oliy taʼlim tizimini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilib kelinayotganini aytib, semestr yakunlari davomida o‘tkaziladigan yakuniy nazorat imtihonlari topshirishda korrupsion holatlarning oldini olish hamda adolatli va shaffoflikka erishish kerakligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

 

Talabalar bunday holatlarga duch kelganda yoki guvohi bo'lgan taqdirda “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo'limning telegamdagi botiga yoki ishonch telefoniga murojaat qilishlari tushuntirib o'tildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.