Bugun, 30-yanvar kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Andijon Yoshlar Texnoparki mutaxassislari ishtirokida oliygohimiz talaba-yoshlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda Axborot texnologiyalari bo`yicha prorektor M.Mahkamov, fakultet Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda prorektor Madaminjon Mahkamov so'z olib, bugun g'oyalarini tayyor Startap loyiha sifatida shakllantirish va amaliyotga joriy qilishda ular bilan alohida ishlash tizimini yo'lga qo‘yish maqsadida Andijon viloyatida “InnoX” biznes inkubator loyihasi tashkil etilganligini alohida ta'kidlab o'tdi.
Davra suhbati davomida IT sohasiga qiziquvchi iqtidorli talaba yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish, buning uchun zarur moliyaviy resurslarni safarbar etish, ushbu jarayonda iqtidorli yoshlar ishtirokini, ularning ijodiy g‘oya va ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish va loyihalarni amalga oshirishlari mumkinligi va zaruriy ko'rsatmalar ham aytib o'tildi.
Davra suhbati talabalarda yangicha fikrlash, o‘z loyihalarini tayyorlash ishlarini yanada jonlantirishga turtki bo‘ldi desak adashmagan bo'lamiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI