Prezidentning 21.12.2022 yildagi «YAngi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-269-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2023 yil 1 yanvardan boshlab Vazirlar Mahkamasi a’zosi bo‘lgan ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining Vazirlar Mahkamasining tarkibiy tuzilmalaridan mustaqil ravishda Bosh vazir bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash tizimi joriy etiladi.
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar bo‘yicha kotibiyatlar, departamentlar va ular huzuridagi bo‘limlar, shuningdek, Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limi tugatildi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi;
- 2023 yil 1 yanvardan boshlab qayta tashkil etilayotgan respublika davlat boshqaruvi organlarining ro‘yxati;
- 2023 yil 1 yanvardan boshlab vazifa va funksiyalari tegishli vazirlik va idoralarga o‘tkazilgan holda tugatilayotgan respublika davlat boshqaruvi organlarining ro‘yxati;
- 2023 yil 1 yanvardan boshlab tashkiliy bo‘ysunuvi o‘zgarayotgan respublika davlat boshqaruvi organlarining ro‘yxati.
2023 yil 1 yanvardan boshlab mustaqil faoliyat yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining soni 61 tadan 28 tagacha, shu jumladan vazirliklar soni 25 tadan 21 tagacha qisqartiriladi.
Ijro etuvchi hokimiyat organlari shtat birliklari, shu jumladan rahbar lavozimlari 30%gacha maqbullashtiriladi. 24 ta davlat organi o‘zining tashkiliy bo‘ysunuvini o‘zgartiradi.Vazirlar Mahkamasi tizimini quyidagi vazirliklar tashkil etadi:
- Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
- Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi;
- Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
- Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi;
- Tabiat resurslari vazirligi;
- YOshlar siyosati va sport vazirligi;
- Qishloq xo‘jaligi vazirligi;
- Suv xo‘jaligi vazirligi;
- Raqamli texnologiyalar vazirligi;
- Adliya vazirligi;
- Transport vazirligi;
- Madaniyat va turizm vazirligi;
- Mudofaa vazirligi;
- Energetika vazirligi;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi;
- Tashqi ishlar vazirligi;
- Ichki ishlar vazirligi;
- Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI