Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA YAKUNIY IMTIHON JARAYONLARINI ADOLATLI VA SHAFFOF O‘TISHINI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘LIMI NAZORAT QILIB BORMOQDA
2023-01-27    789

Xabaringiz bor, Andijon davlat universitetida 20-yanvardan boshlab, 2022-2023-o‘quv yilining birinchi semestri uchun yakuniy nazorat turlari bo‘yicha belgilangan grafik asosida imtihon jarayonlari boshlangan.

Kuni kecha universitetimizning korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi tomonidan fakultetlarda bo‘lib o‘tayotgan yakuniy nazorat imtihonlari davomida korrupsion holatlarni kelib chiqishini oldini olish maqsadida Tabiiy fanlar, Filologiya, Fizika-matematika, Jismoniy madaniyat, Pedagogika, San'atshunoslik, Ijtimoiy-iqtisodiyot, Tarix fakultetlarida nazorat tadbirlari o'tkazildi.

Ushbu nazorat tadbirlarida dekan, dekan orinbosarlari, kafedra mudirlari va tyutorlar ishtirok etdi.

O‘rganish so‘nggida bo'lim boshlig‘i A.Akbarov tomonidan mas'ul rahbarlarga yakuniy nazoratlarni adolatli va shaffof o'tkazilishi, talabalar bilimini to'g'ri va haqqoniy baholash kerakligi bo'yicha ko'rsatmalar berib o'tildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.