Andijon Davlat
Universiteti
SIFATLI TAʼLIMGA ERISHISHNING MUHIM BOSQICHLARI
2023-01-26    493

Ege MATAL laboratoriyasi nafaqat Ege universitetining balki, Izmir shaxrining ham eng nufuzli ilmiy tadqiqot markazi hisoblanadi. Bu markazda bugungi kunning eng zamonaviy laboratoriya xonalari tashkil etilgan boʻlib, u yerda faqat chet davlatlarda oʻqigan va malaka oshirib qaytgan oliy toifali mutaxassislar tomonidan xujayra darajasidagi 100 ga taxlillar amalga oshiriladi.


Maʼlumki, universitetning Ekologiya va botanika kafedrasida Ege universitetining ilmiy tadqiqot markazlari ilmiy xodimlari hamda yetuk olimlari tomonidan olib borilayotgan onlayn mashgʻulotlar davom etmoqda. Kuni kecha Ege MATAL ilmiy tadqiqot markazi tomonidan Tabiiy fanlar fakulteti tayanch doktorantlari, magistrlar va iqtidorli talabalari uchun “Xujayra biologiyasi: zamonaviy amaliy tadqiqotlar” mavzusida 8 soatlik onlayn dars mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.


6 soatlik maʼruza va 2 soatlik laboratoriya ishiga moʻljallangan reja asosida olib borilgan dars mashgʻulotlariga Andijon davlat universiteti rektori A.S.Yuldashev hamda Ege universiteti Fen fakulteti dekani, professor, doktor Dincher Ayaz ham qatnashdilar. Ular ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning dastlabki qadamlari sifatida onlayn dars mashgʻulotlarini olib borilayotganligi bugungi kunda oʻz samarasini berayotganligini alohida taʼkidladilar. Jumladan, Andijon davlat universitetining ekologiya mutaxassisligining 3 nafar magistri va Botanika ixtisosligining 2 nafar tayanch doktorantiga Ege universitetining yetuk professor oʻqituvchilari ikkinchi ilmiy rahbar sifatida tayinlanganligi ilmiy tadqiqot sohasidagi hamkorlikning isbotidir.


“Xujayra biologiyasi: zamonaviy amaliy tadqiqotlar” mavzusida onlayn maʼruzalar doktor Dıdam AKSU va doktor Suna Timur tomonidan olib borildi. Doktor Ece Bayir mavzu boʻyicha laboratoriya mashgʻulotini “videodars” koʻrinishida taqdim etdi va tushuntirib berdi. Kun davomida olib borilgan onlayn dars mashgʻulotlar tabiiy fanlar yoʻnalishida tadqiqot olib borayotgan magistrlar va tayanch doktorantlar uchun muhim manba sifatida katta taasurot qoldirdi.


Mashgʻulotlar soʻnggida dars mashgʻuloti qatnashchilariga Ege MATAL ilmiy tadqiqot markazi tomonidan “Xujayra biologiyasi: zamonaviy amaliy tadqiqotlar” 8 soatlik oʻquv kursida qatnashganligi toʻgʻrisida maxsus sertifikatlar taqdim etildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.