Andijon Davlat
Universiteti
O’ZBEKISTON VA LATVIYA: FAN VA TA’LIM SOHASIDA HAMKORLIK
2023-01-26    2194

Andijon davlat universitetida ta’lim sohasida xalqaro aloqalar va universitetlararo hamkorlik munosabatlarini kengaytirish ishlari izchil amalga oshirilib kelinmoqda.

Bugun, 24-yanvar kuni Andijon davlat universitetiga ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Latviyaning Riga texnika universitetining Xalqaro akademik hamkorlik va o’quv ishlar bo‘yicha rektor o‘rinbosari  Professor Igor Tipans hamda xalqaro hamkorlik va tadqiqotlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Zana Purlaura tashrif buyurdi.

Universitet rektori bilan uchrasuv davomida Professor Igor Tipans ikki universitetning xalqaro hamkorligi rivoji uchun o’zining takliflarini bildirdi. Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Sultanmuradovich Yuldashev fan va ta’lim sohasida O’zbekiston va Latviya o’rtasida o’zaro hamkorlikni rivojlantirish, bunda Latviya texnika universiteti bilan Erasmus + hamda Credit mobility dasturlari doirasida birgalikda loyihalar tayyorlash muhim ekanligini ta'kidladi. Kelgusida Andijon davlat universitetining fizika, matematika, axborot texnologiya va ekologiya yo’nalishida dars berayotgan professor-o’qituvchilar va tahsil olayotgan talabalar o’rtasida akademik almashinuv dasturlari ustida ishlash hamda birgalikda ilmiy hamkorlikni rivojlantirish nafaqat universitet uchun balki mamlakatimiz uchun ham muhim ekanligini bildirdi.

Uchrashuvdan so’ng, Professor Igor Tipans va Zana Purlaura xonim fizika-matematika fanlari doktori, professor Rayimjon Aliyev boshchiligidagi "Qayta tiklanuvchi energiya manbalari" ilmiy laboratoriyasi bilan tanishtirildi. Mazkur laboratoriya Ispaniya, Rossiya, Germaniyadan olib kelingan zamonaviy asbob uskunalardan universitet magistrantlari va ilmiy tadqiqotchilari  muqobil energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha tajriba-sinov ilmiy ishlari bilan shug’ullanayotganligi mehmonlarda katta qiziqish uyg’otdi.

Tashrif buyurgan mehmonlarga universitet ma'muriyati tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.