Bugun, 19-yanvar kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida rektor huzurida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda universitetimiz prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev 20-yanvardan boshlab 2022-2023-o‘quv yilidagi yakuniy nazorat turlarini belgilangan grafik asosida tashkil etish hamda uni shaffof va adolatli o'tkazish borasida fakultet dekanlariga tegishli topshiriqlar berib o'tdi.
Bundan tashqari, TTJlarda istiqomat qilayotgan talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, isitish tizimlarining sozligini o'rganish hamda talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari uchun ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazish bo'yicha ham ko'rsatmalar berib o'tildi.
Tashkil etilgan yig‘ilishdan barcha qatnashchilar o‘zlari uchun kerakli ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI