Andijon Davlat
Universiteti
TALABALAR TURAR JOYLARIDA TALABA-YOSHLARNING BO'SH VAQTLARI MAZMUNLI TASHKIL ETILMOQDA
2023-01-19    516

Xabaringiz bor, o'quv jarayonlari boshlanishi ma'lum bo'lgach, TTJlar talabalar uchun foydalanishga topshirilgan. Ayni kunlarda bu yerda uzoq-yaqindan kelgan talabalar istiqomat qilmoqda.

 

Shu munosabat bilan TTJlarda talabalar bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Xususan, o'g'il bolalar uchun turli sport musobaqalari, shaxmat-shashka hamda stol tennisi to'g'araklari tashkil etilgan.

 

Oliygohimiz talaba-qizlari uchun esa tyutorlar tomonidan "Mohir qo'llar" hamda "Dutorchi qizlar" to'garakalari ham faoliyat yuritmoqda.

 

Bundan tashqari, universitet mutasaddilari tomonidan turli xil davra suhbatlari ham tashkil etilmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri kuni kecha universitetimiz ikkinchi talabalar turar joyida bo'limi boshlig'i Dilrabo Abidova bilan bo'lib o'tdi.

 

Ta'lim muassasamizda bu kabi uchrashuvlar hamda tashkil etilgan to'garaklar talaba-yoshlarimizni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish uchun dasturulamal bo'lib xizmat qiladi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.