Joriy yilning 9-yanvar kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi vakillari ishtirokida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.
Ushbu tadbirda viloyatimizdagi barcha davlat oliy ta'lim muassasalarining prorektоrlari, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.
Mazkur uchrashuvda respublikadan tashrif buyurgan Sherali Meliyev tomonidan mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatiga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish maqsadida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi haqida tushunchalar berib o'tdi.
Tadbir davomida universitet prorektori A.Hamraqulov tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati, talaba-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish boʻyicha turli tadbir va tanlovlar tashkil etish, toʻgaraklarga jalb qilish hamda chet tillarini oʻrganishlarida tyutorlar uchun kerakli koʻrsatmalar bildirib oʻtildi.
Shu bilan bir qatorda mavzu boʻyicha qiziqarli taqdimotlar namoyish etildi. Ushbu maʼlumotlar yigʻilganlarda katta taassurot uygʻotdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI