Andijon Davlat
Universiteti
VODIY AKADEMIK LITSEYLARI O'RTASIDA FAN OLIMPIADALARI O'TKAZILDI
2023-01-07    565

Joriy yilning 6-yanvar kuni Farg’ona vodiysidagi akademik litsey o’quvchilarining qishki ta’til vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida Andijon davlat universiteti qoshidagi akademik litseyda fan olimpiadalari tashkil etildi.

Ushbu fan olimpiadalari barcha sanitariya-epidemiologiya, texnika va yo’l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda o’tkazildi.

Mazkur olimpiadada jami 9 ta akademik litseydan 300 dan ziyod o’quvchi-yoshlar ishtirok etdi. O’quvchilar ona tili va adabiyot, tarix, geografiya, matematika, fizika, ingliz tili, nemis tili, rus tili, kimyo, biologiya fanlari va zakovat intellektual o’yini orqali o’z bilimlarini sinab oldilar.

Fanlar bo’yicha o’tkazilgan olimpiadaning umumiy natijasiga ko’ra:

I-o’rin – ADU akademik litseyi,
II-o’rin – ADTI akademik litseyi,
III-o’rin – FarDU akademik litseyi o’quvchilariga nasib etdi.

Zakovat intellektual o’yini natijalariga ko’ra:

I-o’rin – FarDu akademik litseyi,
II va III – o’rinlar esa ADU akademik litseyi o’quvchilaridan tashkil topgan jamoalarga nasib qildi.

Natijalar e’lon qilinganidan so’ng, g’oliblar litsey ma'muriyati tomonidan maxsus sertifikat va Andijon davlat universiteti tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.