Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ PROFESSOR-O'QITUVCHILARI VA TALABA-YOSHLARI QO'QON SHAHRIDA SAYOHATDA BO'LDILAR
2023-01-06    530

Ma'lumki respublikamizni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun, 6-yanvar kuni Andijon davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti dekani Talantbek Madumarov boshchiligida tyutorlar hamda fakultetning 29 nafar iqtidorli talaba-yoshlari Qo‘qon shahrida sayohatda bo‘ldilar.

Sayohat davomida Xudoyorxon O‘rdasi bilan yaqindan tanishgan talabalar, Qo‘qon shahrining boy tarixi, madaniyati va san’ati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.

Ushbu sayohatni xavfsizligini taminlashda universitet profilaktika katta inspektori podpolkovnik Ulug'bek Nazarov nazorat qilib bordi.

Bunday sayohatlar talabalarda yangi kuch, yangi zafarlarga ilhom bag‘ishlashiga, ichki turizmni yanada rivojlantirishga hamda bilimlarini yuksaltirishiga dasturulamal bo'lib xizmat qiladi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.