Bugungi kunda oliy taʼlim tizimida talabalarning nazariy bilimlarini olishlari bilan bir qatorda bu bilimlarni mustahkamlash maqsadida amaliyot o'tashlariga ham eʼtibor qaratilmoqda.
Joriy yilning 3-yanvar kunidan boshlab Tarix fakulteti Madaniyat va sanʼat muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish yoʻnalishi 3-bosqich talabalari oʻquv rejada koʻrsatilgan “Muzeyshunoslik” fanidan 30 soatli amaliy mashgʻulotni mazmunli va samarali olib borish hamda qishki taʼtildan foydalanib ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Toshkent, Samarqand, Buxoro hamda Xorazm viloyatlarida amaliyot o'tamoqdalar.
Fakultet talabalarini oʻquv rejada koʻrsatilgan amaliyotini mazmunli, samarali oʻtishida Oʻzbekiston tarixi kafedrasi katta oʻqituvchisi N.Xudoyorov boshchilik qilmoqda.
Mazkur amaliyot talaba-yoshlarni Vatan tarixini bilishi, maʼnaviy milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan oʻz fikrini bayon qilish va ilmiy asoslay olishi, milliy istiqlol gʻoyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega boʻlishini mustaxkamlashga xizmat qiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI