Bugun, 5-yanvar kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida belgilangan grafik asosida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo'llagan Murojaatnomasi hamda "2023-yil — Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"ning mazmun-mohiyatini o'rganishga bag'ishlangan seminari davom etmoqda.
Mazkur o'quv mashg'ulotida Tarix, Ijtimoiy-iqtisodiyot, San'atshunoslik, filologiya hamda jismoniy madaniyat fakulteti dekanlari, kafedra mudirlari, dekan o'rinbosarlari, professor-o'qituvchilar hamda tyutorlar ishtirok etdi.
Dastlab, Fuqarolik jamiyati kafedrasi katta o'qituvchisi Zohidjon Hayitmatov so'zga chiqib, prezident Murojaatnomasida qayd etib o'tilgan ta'limga doir muhim masalalar borasida to'xtalib, ana shu masalalar va ularni amalga oshirish kerakligini ta'kidlab o'tdi.
Shundan so'ng, o'quv ishlar bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov so'z olib, o'quv yili davomida universitet ta'lim tizimi samaradorligini oshirish, ustoz-murabbiylarni tizimli ravishda malakasini oshirib borish, qolaversa, talabalarning til o'rganish ko'rsatkichlarini yaxshilashga erishish masalasi borasida to'xtalib o'tdi.
Tashkil etilgan mazkur seminardan barcha ishtirokchilar o'zlari uchun muhim bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'ldilar. Bu kabi seminar-treninglar universitet jamoasining barcha jabhalarda xabardorligini oshirishga xizmat qiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI