Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA “JAHONNING TAʼLIM SOHASIDA RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR OTMLARI TAJRIBASINI OʻRGANISH VA UNI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMLARINI JORIY ETISH”MAVZUSIDA MA’RUZA TINGLANDI
2023-01-05    339

Joriy yilning 4-yanvar kuni Andijon davlat universitetida professor-oʻqituvchilar uchun “Oliy taʼlimning oʻquv-uslubiy faoliyatini ilgʻor xalqaro tajribalar asosida rivojlantirish: taʼlim sifati, ilmiy–tadqiqot ishlarini samaradorligini oshirish va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxshilash” maqsadida o'quv-seminar o'tkazildi.

Ana shu mashgʻulotlar jadvalida belgilangan rejaga muvofiq universitetda mavjud fakultetlarning professor-oʻqituvchilari ZOOM platformasi orqali Ekologiya va botanika kafedrasi mudiri Nasibaxon Noraliyevaning “Jahonning taʼlim sohasida rivojlangan mamlakatlar OTMlari tajribasini oʻrganish va uni amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish” mavzusidagi maʼruzasini tingladilar va oʻzlariga kerakli xulosani oldilar.

Bu kabi mashg'ulotlar ta'lim muassasamizda qat'iy belgilangan tartib asosida tizimli o'tkazib boriladi. Bu, albatta, ustoz-murabbiylarning tajribasi va malakasini oshirishga xizmat qiladi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.