Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA PREZIDENT MUROJAATNOMASI HAMDA "2023-YIL — INSONGA E'TIBOR VA SIFATLI TA'LIM YILI"NING MAZMUNIGA BAG'ISHLANGAN SEMINAR TASHKIL ETILDI
2023-01-04    898

Bugun, 4-yanvar kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo'llagan Murojaatnomasi hamda "2023-yil — Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"ning mazmun-mohiyatini o'rganishga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi.

 

Unda universitetning Fizika-matematika, Pedagogika, Tabiiy fanlar hamda ATKIF fakulteti dekanlari, kafedra mudirlari, dekan o'rinbosarlari, professor-o'qituvchilar hamda tyutorlar ishtirok etdi.

 

Dastlab, Fuqarolik jamiyati kafedrasi katta o'qituvchisi Zohidjon Hayitmatovning ma'ruzasi tinglandi. Ma'ruzada Z.Hayitmatov Murojaatnomada qayd etilgan masalalar, xususan, ma'muriy boshqaruv sohasidagi islohotlar, "2023-yil — insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" uchun rivojlanishning 6 ta ustuvor yo‘nalishi atroflicha tanishtirildi.

 

Shundan so'ng, o'quv ishlar bo'yicha prorektor so'z olib, oliygohimizda kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini to'g'ri tashkil etish, korrupsiyaning har qanday koʻrinishlariga qarshi kurashishni biz, eng avvalo, ustozlar oʻzimizdan boshlashimiz kerak - deydi. R.Mullajonov

 

Tashkil etilgan mazkur seminardan barcha ishtirokchilar o'zlari uchun muhim bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.