Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA 2022-YIL YAKUNIGA BAGʻISHLANGAN MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIR BOʻLIB OʻTDI
2022-12-29    415

Joriy yilning 29-dekabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida 2022-yil yakuniga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Dastlab, tadbirni universitet rektori, professor, Akramjon Yuldoshev kirish soʻzi bilan ochib berdi va oliygohimizni 2022-yilda erishgan yutuqlari bo'yicha ma'lumoti tinglandi. Rektor universitet jamoasini kirib kelayotgan yangi, 2023-yil bilan samimiy qutladi.

Shundan soʻng, ilm fan yoʻlida oʻzining jonkuyarligi va fidokorligi bilan uzoq yillardan buyon universitetda xizmat qilib kelayotgan ustozlar, universitet ilmiy salohiyatini oshirishda munosib hissasini qo'shayotgan professorlar, oʻquv-ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishdagi faolligi uchun fakultet dekanlari hamda universitet reytingini oshirishga hissa qoʻshgan ishchi-xodimlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Jami 100 nafardan ziyod xodim universitet rektori tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida “Farovon ansambli” guruhining diltortar kuy-qoʻshiqlari, koʻngilochar navolari hamda raqslari yigʻilganlarga xush kayfiyat ulashdi.

Universitetimizda yil yakuniga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir barchaga birdek manzur bo'ldi. Andijon davlat universiteti axborot xizmati kirib kelayotgan 2023-yil barchangizga omad va quvonchlar olib kelishini tilaydi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.