Joriy yilning 28-dekabr kuni Andijon davlat universitetida o'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov boshchiligida 2022-yil sarhisobi va 2023-yil rejalari bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi.
Ushbu yig'ilishda fakultet dekanlari, kafedra mudirlari bo'lim boshliqlari va professor-o'qituvchilar ishtirok etdi. Unda 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar samaradorligi atroflicha muhokama etildi.
“Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘qituvchilarning qishki ta’tilini tashkil etish to‘g‘risida”gi 560- son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida quyidagi malaka talablari bo'yicha o'z ustida ishlashlari bo'yicha ma'ruzalar qilindi.
Ular orasida pedagogik faoliyatda raqamli kompetensiyalar, pedagogik mahorat, internet ta’lim resurslari va pedagogik dasturiy vositalar, yoshlarning odam savdosi va majburiy mehnat bilan bog‘liq jinoyatlarini oldini olish, ingliz tili, kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini kredit-modul tizimda tashkil qilish yuzasidan ma'lumotlar berib o'tildi.
Yig'ilish so'nggida 2023-yilda qilinishi lozim bo'lgan rejalalar ham belgilab olindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI