Bugun, 28-dekabr kuni Sarvarbek Mamayusupov Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.Fal.60.04 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishida 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo'yicha “O'zbekistonda desekulyar jarayonining ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari va yoshlar bilan bog'liq segmentlari” mavzusidagi falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi oʻtkazildi.
Tadqiqotchi rasmiy opponentlarning ishga taqrizlari hamda aʼzolarning ushbu dissertatsiya ishi boʻyicha savollariga ham javob berdi.
Kengash aʼzolarining bergan ovozlari natijasiga koʻra dissertatsiya ishi 100 foiz maʼqullandi va Sarvarbek Mamayusupov falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun loyiq deb topildi.
Mamayusupov Sarvarbek Dexqonovichni ushbu yuksak zafar bilan qutlaymiz hamda kelajakda ilmiy ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI