Bugun, 27-dekabr kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida "Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi, talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, ilmiy faoliyati va ularga yaratilgan shart-sharoitlar" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda universitetimiz birinchi prorektori A.Hamraqulov, o'quv ishlari bo'yicha prorektor R.Mullajonov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor I.Karimjanov, moliya va iqtisod ishlari bo'yicha prorektor Sh.Sobirov hamda axborot texnologiyalari bo'yicha prorektor M.Mahkamov ishtirok etdi.
Yig'ilishda har bir prorektor nutq so'zlashi uchun 5 daqiqadan reglament ajratildi. So'z olgan prorektorlar o'tgan 2022-yil davomidagi faoliyatlarini sarhisob qilib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berishdi.
Har bir soha yo'nalishi bo'yicha universitetda tashkil etilgan amaliy ishlar keng doirada muhokama etilib, yangi o'quv yilida ham bu ishlar samaradorligini izchil davom ettirish borasida kelishib olindi.
Tashkil etilgan anjumanda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI