Andijon Davlat
Universiteti
QONUN TALABLARI VA INSON HUQUQLARI - OLIY QADRIYAT EKANLIGINING HUQUQIY ASOSLARI MUSTAHKAMLANDI
2022-12-27    524

Muhtaram Yurtboshimizning 2022-yil 20-dekabr kungi Oliy majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasini tinglash barobarida har bir mamlakat taraqqiyotiga befarq bo‘lmagan har bir shaxsni yurtimizning porloq istiqboli hamda Yangi O‘zbekistonning dunyo e’tirof etayotgan yutuqlari zamirida albatta Prezidentimizning xalqchil va zamonga moslashuvchan qarashlari va tashabbuslarining mazmun mohiyatini anglash, shuningdek ushbu vazifalarni sidqidildan amalga oshirishga bo‘lgan hoxish-intilish, samiymiy munosabatini ko‘rishimiz mumkin.

Avvalo bu yilgi murojaatnoma nimasi bilan avvalgilaridan farq qilganligini ta’kidlab o‘tish o‘rinli bo‘ladi. Chunki  bu masalada yurtboshimizning o‘zi ham ta’kidlab o‘tganidek, kelgusidagi har bir vazifani amalga oshirish masalasining murakkabligi nafaqat mamlakatimizning ichki siyosati, davlat organlarining bevosita faoliyati yoki fuqarolarning bu yo‘nalishdagi ishtiroki, balki murakkab jarayonlar, jumladan, yer yuzida iqlimning keskin o‘zgarishi, suv va boshqa tabiiy resurslar kamayishi bilan bog‘liq muammolar, qolaversa xalqaro munosabatlarda o‘zaro ishonch kamayib, qarama-qarshilik va mojarolarning ortishi barqarorlik va rivojlanishga jiddiy xavf katta xatarlarga aylanganligi bilan ham baholanmog‘i lozim.

Mazkur murojaatnomani avvalgilaridan farqlashda yana bir muhim masala borki, u ham bo‘lsa, Yurtboshimiz bu yilgi murojaatidagi barcha ustivor yo‘nalish va vazifalarni ayni vaqtdagi eng muhim, shu o‘rinda aholining eng quyi qatlamini qiynayotgan muammolardan tortib to davlat boshqaruvining eng yuqori pag‘onasida mavjud bo‘lgan kamchilik va xatoliklarni bartaraf etish, ayrimlarining huquqiy asoslarini tubdan isloh etish natijasida boshqaruvning avval kuzatilmagan yangi mexanizmlarini joriy etishning ilgari surilganligi.

Shuningdek samarasiz boshqaruv usullaridan voz kechish, aholiing kunlik tumush darajasi uchun zarur bo‘lgan toza suv, yo‘ qurilii, sifatli ta’lim, malakali va sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, bepul tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonun bilan belgilash kabi masalalar aniq va lo‘nda tarzda amalga oshirish shakl hamda mexanizmlari, moliyaviy ta’minlash tartiblarining aniqligi bilan ajralib turadi.

Alohida ta’kidlash lozimki, murojaatnomada ko‘rsatib o‘tilgan barcha ustivor yo‘nalish va vazifalar bilan tanishgan har bir fuqaro Prezidentimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish yuzasidan bildirilgan barcha takliflarni bevosita o‘rganib shaxsiy tahlillari asosida eng muhimlari va kechiktirib bo‘lmas vazifalar ajratib olganligini va kelgusi yilda albatta amalga oshirish zarurligini o‘zining bosh maqsadi qilib belgilanganligiga ishonch xosil qiladi.

Qay zamon va makonda bo‘lmasin insonning eng ulug‘ ne’mati va kerak bo‘lsa boyligi uning huquq va erkinliklaridir. Shu ma’noda murojaatnomaning uchinchi yo‘nalishida belgilangan inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida belgilanishi lozimligiga oid ustuvor vazifalar mamlakatimiz taraqqiyotining kelgusi bosqichida sud-huquq tizimida adolat o‘rnatishga xizmat qiladi.

Yurtboshimiz ta’kidlab o‘ganidek, so‘nggi yillarda sud-huquq tizimida adolat o‘rnatish bo‘yicha ko‘p ish qilingan bo‘lsada, ushbu murojaatnomada yechimini topgan ayrim muammolar shu kunga qadar odil sudlov va fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashda  sun’iy ravishda muammolarni keltirib chiqarmoqda edi.

Konstitutsiyamizda xususiy mulkning daxlsizligi belgilangan bo‘lsada, uning ijro organi bo‘lgan prokurorlar tomonidan cheklanishi masalasi, bir vaqtning o‘zida ham mulkdorni kerak bo‘lsa ushbu mulkdor ish bilan ta’minlayotgan fuqarolarni huquqlarini cheklanishiga sabab bo‘layotgan edi.

Endilikda Prezidentimiz tashabbusi bilan mulk huquqini cheklashga oid har qanday harakat faqat sud orqali amalga oshirilishi mulk huquqining nafaqat konstitutsiyaviy himoyasini balki protsessual himoyasini ta’minlashga xizmat qiladi.

Murojaatnomani tinglagan va tanishgan har bir fuqaroni to‘lqinlantirigan mazkur sohadagi yana bir yangi xatto ayrim demokratik jihatdan rivojlangan davlatlar tajribasida ham uchramaydigan mexanizm borki, endilikda protsessual qonunga o‘zgartirish kiritilishi asosida sudlarga jinoyat ishi faqat ayblov xulosasi bilan emas, balki himoyachining fikri bilan birga qabul qilinishi belgilandi.

Bu albatta odil sudlovni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan sudlarga bu boradagi majburiyatlarini oshirilishi bilan birga ularga har bir holatga ob’ektiv baho berish va vaziyatni taqqoslash imkonini beradi qolaversa ularning ichki ishonchida gumondorning harakatlariga bir tomonlama baho berishdan himoya vositasiga aylanadi.

Bu boradagi yana bir muhim vazifa sifatida endilikda samarasiz bo‘lgan davat hisobidan bepul ta’minlanadigan advokatlarning elektron tanlash tizimi ishga tushirilishi belgilandi va bu ayrim natija va ko‘rsatkichlari past bo‘lgan, faqatgina protsessual tartibni ta’minlashga xizmat qiladigan advokatlardan emas aksincha shaxsning huquq va erkinligini ta’minlashga astoydil kurasha oladigan va huquq ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladigan advokatlar xizmatidan foydalanish imkonini beradi.

Barchani birdek ruhlantirgan yana bir ustivor vazifani alohida ta’kidlab o‘tish lozim, tan olish kerakki ayrim hokimlar qaror qabul qilishda yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan maqsadlar va vazifalardan chetga chiqishi hamda o‘z mansab vakolatini suistemol qilishi natijasida bir ada davlat va jamiyat manfaatlari bian birga fuqarolarning ham manfaatlariga putur yetishi hlatlari uchrab uradi. Ko‘p hollarda fuqarolarning e’tirozlari aynan hokimning vakolati amal qilib turgan hududdagi ma’muriy sudlarning mazkur qarorlarni bekor qilishga oid ma’muriy sud ishlarini ko‘rib chiqilishida hududiy bog‘liqligi kabi omillar sudlarni qayatsizligi sifatida baholanadi.

Endilikda bu borada sud qarorlarining adolatligigini ta’minlash maqsadida ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ma’muriy sudlar faoliyatini isloh qilinishi va ma’muriy sudlarga hokim qaroridan norozi bo‘lib murojaat qilingan taqdirda, ishlarni eksterritorial tartibda, ya’ni boshqa hududda ham ko‘rish amaliyoti joriy qilinishi fuqarolarning o‘z huquqlarini amalga oshirilishiga bo‘lan ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Eng muhimi murojaatnomada belgilangan ustivor vazifalarni amalga oshirilishi qonunchilik hujjatlariga albatta katta o‘zgartirishlar kiritilishini talab qiladi va bu borada huquqni muhofaza qilish va qo‘llash amaliyotiga mas’ul bo‘lgan shaxslardan fidokorona mehnat talab qiladi va bu aynan yurtboshimiz murojaatnomada ta’kidlab o‘tganidek taraqqiyotga — faqat mashaqqatli va jasoratli mehnat orqali erishiladi g‘oyasi bilan chambarchas bog‘liqdir.

MADUMAROV TALANTBEK TOLIBJONOVICH
IJTIMOIY IQTISODIYOT FAKULTETI DEKANI, YURIDIK FANLAR DOKTORI, PROFESSOR
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.