Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI KENGASHINING 2022/2023-OʻQUV YILIDAGI NAVBATDAGI YIGʻILISHI OʻTKAZILDI
2022-12-23    487

Bugun, 23-dekabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet Kengashining 2022/2023-oʻquv yilidagi navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Dastlab, universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev ilmiy unvonga sazovor boʻlgan professor-oʻqituvchilarni samimiy qutladi va ularga ilmiy darajani tasdiqlovchi diplomlarni topshirdi. Shu bilan bir qatorda Akramjon Yuldashev yigʻilganlarga kuni kecha prezidentning Oliy majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomaning mazmun-mohiyati, uning soha faoliyatiga taalluqli jihatlarini keng tushuntirib oʻtildi.

Shundan soʻng, kun tartibidagi masalalar koʻrib chiqildi. Dastlab, taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi D.Nurmatov Andijon davlat universiteti qoshidagi akademik litsey faoliyatini tahlil qilish va uning taʼlim samaradorligi borasidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Yigʻilishda oʻquv ishlari boʻyicha prorektor R.Mullajonov soʻz olib, Tarix va Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetlarida oʻquv jarayonlarining tashkil etilganligi va oʻquv-meʼyoriy hujjatlarning yuritilishi, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirib oʻtdi.

Yoshlar masalalari va maʻnaviy-maʻrifiy ishlar boʻyicha prorektor A.Hamraqulov soʻz olib, xotin-qizlar masalalarining qanday yuritilayotganligi, xodimlar va talabalar borasida kasaba uyushmasi tomonidan olib borilayotgan ishlar borasida toʻxtalib oʻtdi.

Yigʻilish soʻnggida Kengash aʻzolarining savol va takliflari muhokama etildi. Bundan tashqari, 2022-yilda olib borilgan ish faoliyati tahlil qilindi. Qolaversa, yil davomida kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha kelishib olindi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.