Bugun, 21-dekabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Andijon viloyati FVB hamda universitetimiz mehnatni muhofaza qilish bo'limi hamkorligida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda universitetimiz birinchi prorektori A.Hamraqulov, Andijon viloyati FVB boshlig'i birinchi o'rinbosari polkovnik J.Karimov Andijon shahar FVB boshlig'i I.Azizov, universitet professor-o'qituvchilari, ishchi-xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Dastlab, tadbir qatnashchilariga yurtimizda kuz-qish mavsumi davomida sodir bo‘lgan is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi videorolik namoyish etildi.
Uchrashuvda FVB boshlig'i birinchi o'rinbosari polkovnik J.Karimov tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uni betalofat oʻtkazish, is gazidan zaharlanish holatlari va chaqnash hodisalarining oldini olish, nosoz, qoʻlbola ochiq spiralli isitish moslamalaridan va yashash xonadonlarda noqonuniy va nosoz tabiiy gaz soʻrgʻich moslamalaridan umuman foydalanmaslik, aks xolda ular qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi boʻyicha kerakli maslahatlar va tavsiyalar berib oʻtdi.
Universitetimiz talabalari tadbir soʻnggida oʻzlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan yetarlicha javob oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI