Prezidentimizning 51/17-sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida talabalar o'rtasida til bilish darajasini takomillashtirish bo'yicha ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bugun, 20-dekabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida "Culture and art" mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi.
Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti 1-bosqich Git hamrohligi va tarjimonligi talabalari tomonidan tashkil etilgan tadbirda fakultet dekani, kafedra mudirlari, dekan o'rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
Ushbu ochiq dars fakultetlararo chet tillari kafedrasi o'qituvchisi Zamiraxon To'raqulova hamda Git hamrohligi va tarjimonligi yo'nalishining iqtidorli talabalari ishtirokida tashkil etildi va dars davomida talabalar yangiliklar va ajoyib viktorinaga guvoh bo'ldilar.
Tashkil etilgan mahorat darsida faol ishtirok etgan talaba-yoshlar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Bu kabi ochiq darslar va davra suhbatlari chet tillarini o'rganishni targ'ib qilish va ommalashtirishga dasturulamal bo'lib xizmat qiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI