Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ O'QITUVCHISI XORIJDA ILMIY IZLANISH OLIB BORMOQDA
2022-12-20    330

Andijon davlat universiteti o’qituvchisi Abdurazakov Nosirbek joriy yilning noyabr oyida Yevropaning Erasmus+ KA107 xalqaro kredit mobility dasturi asosida 3 oy muddatga Italiya davlatining Sannio universitetiga yuborildi.

 

U hozirda, Sannio universitetida signallarni qayta ishlash laboratoriyasida sensor qurilmalar orqali signallarni olish va qayta ishlash bo’yicha ilmiy izlanish olib bormoqda.



Loyiha Italiya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan bo’lib, mamlakat hududida joylashgan dengiz tubida faol vulqonlar harakatini o’rganishni maqsad qilib olgan.

 

Ushbu izlanishlarni kelgusida mamlakatimiz hududida olib borishni niyat qilgan kompyuter injiniringi kafedrasi o’qituvchisi Abdurazakov Nosirbekga omad tilaymiz.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.