Andijon Davlat
Universiteti
XALQARO HAMKORLIK - ILM ISTIQBOLINING POYDEVORI
2022-12-20    476

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmoniga asosan Andijon davlat universiteti QS reytingini oshirish bo‘yicha rivojlangan davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish belgilangan.

 

Bu muhim vazifalarning ijrosi sifatida universitetimizda joriy yilda Tabiiy fanlar fakulteti Ekologiya va botanika kafedrasi hamda Egey universitetining Fen fakulteti bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

 

Mazkur hamkorlik shartnomasi doirasida Ekologiya va botanika kafedrasi dotsenti Faruxbek Umarov hamda kafedra 1-bosqich magistranti F.Fazliddinov hozirda Turkiyaning Izmir shahrida bo‘lib turishibdi. Xizmat safaridan ko‘zlangan asosiy maqsad- ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlar bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish hamda Turkiya Respublikasi ilmiy va texnologik tadqiqotlar kengashi (TUBITAK)ning ilmiy loyihalar tanloviga grant loyihasini tayyorlashdan iborat.

 

Bundan tashqari, kafedra a’zolari Egey universiteti Biologiya bo‘limining ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqda, ilmiy va o‘quv laboratoriya jihozlaridan, asbob-uskunalaridan, reaktivlardan foydalanishning zamonaviy usullarini o‘rganmoqdalar.

 

Magistr Firdavs Fazliddinovning “Bioecology of Euodia sp. L. in Andijan region and prospects of its use in greening” mavzusidagi magistrlik ishi Egey universiteti Fen fakultetining Botanika anabilim dali boshlig‘i (kafedra mudiri) Prof. Dr. Hatice Demiray ilmiy rahbarligida olib borilmoqda. Hozirda magistrantimiz Egey universitetida ilmiy rahbari bilan laboratoriya sharoitida foydali Evodiya o‘simligining bioekologik xususiyatlarini o‘rganmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, yangi o‘quv yilidan Ege universiteti Fen fakulteti va ADU Tabiiy fanlar fakulteti hamkorligida 2+2 (bakalavr) va 1+1 (magistr) qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha talabalar va magistrlarni tayyorlashni boshlaydi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.