Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA "UNIVERSAL" TERMA JAMOASINING "UNIVERSAL SHOU 2022" MAVZUSIDAGI KONSERT DASTURI BO'LIB O'TDI
2022-12-19    524

Bugun, 19- dekabr kuni Andijon davlat universitetida Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo'limi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan "UNIVERSAL" terma jamoasining "Universal shou 2022" konsert dasturi tashkil etildi.

 

Dastlab, tadbirni universitet birinchi prorektori A'zamjon Hamraqulov o'z so'zi bilan ochib berdi va rektor Akramjon Yuldashev tomonidan universitet reytingini oshirishga hissa qo'shgan sirtqi bo'limining 22 nafar iqtidorli talabalari hamda “Zakovat” Intellektual olimpiadasi doirasida Breyn-ring turnirida g'alaba qozongan Andijon davlat universiteti jamoasi talabalari esdalik sovg'alari hamda sertifikat bilan taqdirlandi.

 

 

Shundan so'ng, sport bo'yicha sovrindor bo'lgan iqtidorli talabamiz o'zining sahnaviy chiqishlarini taqdim etdi.

 

Tadbir davomida kunning asosiy qahramonlari bo'lmish "Quvnoqlar va Zukkolar" "Universal" terma jamoasining chiqishlari bo'lib o'tdi. QVZ terma jamoasining tesha tegmagan hazilllari, ko'ngilochar shoular va iqtidorli talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar yig'ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.


Tashkil etilgan "Universal shou 2022" konsert dasturi barchaga birdek manzur bo'ldi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.