Andijon Davlat
Universiteti
O'ZARXIV AGENTLIGI DIREKTORI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA
2022-12-17    476

Bugun, 17-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktori  Yusupov Ulugʻbek Mirtalipovich, viloyat arxiv boʻlimlari direktorlari Andijon davlat universitetining katta faollar zalida Tarix fakulteti professor-oʻqituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar, “Arxivshunoslik” yoʻnalishi talabalari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 


Dastlab, Tarix fakulteti dekani R.Shamsitdinov bugungi kunda arxiv ishiga boʻlgan eʼtibor, amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berib, jumladan, 2018-2019-oʻquv  yilidan fakultetda yangi – “Arxivshunoslik” yoʻnalishi ochilgani, 2020-2021-oʻquv yilidan Tomsk davlat universiteti bilan qoʻshma dastur (2+2) asosida “Arxivshunoslik va hujjatshunoslik” yoʻnalishini tashkil etilganini alohida mamnuniyat bilan aytib oʻtdi. Shuningdek, talabalarni nazariy bilimlarini amaliyot bilan bogʻlash maqsadida “Arxivshunoslik” yoʻnalishi talabalarini mutaxassislik fanlarini Andijon viloyati davlat arxivida oʻtkazilayotganligi, bunda talabalar bilimlarini mustahkamlash hamda oʻqishni tamomlagandan soʻng ish bilan taʼminlashda yaxshi natija berayotganini alohida taʼkidlab oʻtdi. 


Shundan soʻng, “Oʻzarxiv” agentligi direktori  Yusupov Ulugʻbek Mirtalipovichga soʻz berildi.  Ulugʻbek Mirtalipovich “Oʻzarxiv” agentligi tizimida olib borilayotgan islohotlar, fuqarolar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, Oʻzbekiston Milliy arxivida saqlanayotgan arxiv hujjatlari, ularni restavratsiya qilish hamda raqamlashtirish uchun olib borilayotgan amaliy ishlar va saqlanishi uchun koʻrilayotgan choralar haqida maʼlumot berib oʻtdi. Jumladan, arxivlarga davlat xizmatlarining sifati va samaradorligini oshirishga, yuridik va jismoniy shaxslarning arxiv hujjatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, axborotni olish va tarqatishda, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor berilayotganini bildirib oʻtdi. 


Uchrashuv davomida mutassadilar tomonidan fakultet talabalarini sohaga qiziqishini uygʻotish, soha xodimlariga berilayotgan imtiyozlar, bitiruvchi yoshlarni ishga qabul qilish masalalari boʻyicha imkoniyatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.


Uchrashuv jarayonida mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlar oʻz ilmiy tadqiqotlarini olib borishda arxivlarda yanada qulaylik yaratish boʻyicha oʻz takliflarini berib oʻtdilar.

Uchrashuvdan soʻng Oʻzarxiv” agentligi direktori  universitetda qoshidagi “Qatagʻon qurbonlari” xotirasi muzeyiga tashrif buyurdi. Mehmonni muzey direktori professor R.Shamsutdinov kutib olib, muzey bilan yaqindan tanishtirdi va muzey fondidagi noyob arxiv hujjatlarini koʻzdan kechirdi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.