Bugun, 16-dekabr kuni Andijon davlat universitetining 1-talabalar turar joyida talaba-qizlar hamda talaba-yigitlar o‘rtasida "Osh musobaqasi" bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqada TTJda istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar ishtirok etdi. Osh musobaqasini o'tkazishdan asosiy maqsad talabalarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, milliy taomimiz bo'lmish palovni tayyorlash usullari bilan yaqindan tanishtirish, uni tayyorlash an'analari, usullarini targ'ib qilish, musobaqada ishtirok etuvchilar, muxlislar hamda taklif etilgan mehmonlarga madaniy hordiq chiqarish imkonini yaratish edi.
Tanlov yakuniy natijalariga ko'ra:
1 - o'rinni 3-qavat talabalari Gulnozaxon To'xtanazarova va Oydinoy Usmonova egalladi.
2 - o'rinni 1-qavat talabalari Abdumajid Jo'rayev hamda Zayniddin Mirzaliyev egalladi.
3 - o'rinni 4-qavat talabalari Zuxraxon G'aybullayeva va Durdona Amanovalar egalladi.
G'olib “Mohir oshpaz” talabalarmiz universitet ma'muriyati tomonidan esdalik sovg'alari va diplom bilan taqdirlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI