Joriy yilning 16-dekabr kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida o'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov boshchiligida kafedra mudirlariga kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Mazkur yig'ilishda Prezidentimizning 5117-sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida o'qituvchilarning til bilish darajasini oshirish, bu borada kerakli yordam ko'rsatish kerakligi ta'kidlab o'tildi.
Qolaversa, ta'lim muassasamizdagi professor-o'qituvchilarning chet-tillarini o'rganishlari uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish, kerakli ko'mak va qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ko'rsatish borasida mudirlarga kerakli ko'rsatmalar berildi.
Bundan tashqari, yaqinlashib kelayotgan imtihon jarayonlarini belgilangan jadval asosida o'tkazish, bu jarayonlarda korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik kerakligi ta'kidlab o'tildi.
Yig'ilish so'nggida kelgusida qilinishi kerak bo'lgan vazifalar ham belgilab olindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI