Bugun, 16-dekabr kuni Andijon davlat universiteti filologiya fakultetida rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o'qituvchilari "Mutolaaga bo'lgan mehr-ma'naviy barkamollik belgisi" mavzusida talaba-yoshlar o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazdi.
Tadbirda filologiya fakulteti dekan o'rinbosarlari, rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o'qituvchilari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda kitobxonlikning bugungi kundagi ahamiyati, ma'naviyatda tutgan o'rni borasida fikr mulohazalar bildirib o'tildi. Shu bilan bir qatorda talaba-yoshlar orasida savol-javob va viktorinalar tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan ko'ngilochar kuy-qo'shiqlar kuylandi, raqslar ijro etildi. Rang-barang badiiy chiqishlar yig'ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan iqtidorli talaba-yoshlar fakultet rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alari hamda fakultet dekanining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI