Joriy yilning 13-dekabr kuni Andijon davlat universitetiga O’sh davlat universitetining 6 nafar professor-o’qituvchilari hamkorlik doirasida tajriba almashish maqsadida tashrif buyurdi.
Universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish imkoniyatini yaratishni maqsad qilgan ushbu uchrashuv tom ma'noda o'z oldiga qo'ygan vazifalarni bajardi.
Mehmonlar, dastlab, Andijon davlat universitetining axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakultetiga tashrif buyurdi. U yerdagi o'quv jarayonlari hamda moddiy texnik baza bilan tanishib, fakultet o'qituvchilari va talabalari uchun mahorat darslari tashkil etildi.
Shundan so'ng, mehmonlar Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining iqtisodiyot kafedrasi professor-o'qituvchilari bilan uchrashib, hamkorlik doirasida o'zaro fikr almashdilar.
Tashrif yakunida delegatsiya a'zolari universitetining umumiy quvvati, ta'limni tashkil etish jarayonlari va moddiy texnik bazalari qay holatda ekanligi bilan tanishtirib o'tildi.
Har ikki tomon vakillari kelgusidagi hamkorlikning istiqbollari to'g'risida kelishib oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI