Andijon Davlat
Universiteti
FAKULTETDA HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISH BO'YICHA DAVRA SUHBATI O'TKAZILDI
2022-12-15    512

Joriy yilning 14-dekabr kuni Andijon davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetida Andijon viloyati IIB xodimlari hamkorligida talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

Unda Andijon shahar IIO FMB HOOB bo'limi boshlig'i mayor F.Ergashev, profilaktika katta inspektori mayor R.Umarov, universitetimiz profilaktika katta inspektori podpolkovnik U.Nazarov, ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti dekani, fakultet tyutorlari va talabalar ishtirok etdi.

Davra suhbatida viloyat IIB xodimi mayor F.Ergashev tomonidan huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashishning samarali mеxanizmlarini yo‘lga qo‘yish borasida tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, podpolkovnik Ulug‘bek Nazarov talabalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatiga va axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari borasida o‘z tavsiyalarni berdi.

Suhbat yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan boshqa savollariga ham soha mutaxassislari tomonidan batafsil javob oldilar.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.