Andijon Davlat
Universiteti
TANLOV VA MUSOBAQA G’OLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI
2022-12-14    453

Xabaringiz bor, universitetimizning talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar o'rtasida turli tanlov va musobaqalar belgilangan grafik asosida tashkil etildi.

 

Mazkur tanlov va musobaqalarda g'olib bo'lgan talabalar joriy yilning 13-dekabr kuni Andijon davlat universitetining 2-talabalar turar joyida Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan ma'naviy-marifiy tadbirda quydagi nominatsiyalar bo'yicha taqdirlandi.

- Sportning stol tennis turi bo'yicha yigitlar oʻrtasida: 1-o'rin Hayotbek Sotvoldiyev, 2-o'rin Ozodbek Turg‘unov, 3-o'rin Sarvarbek Karimov; Talaba-qizlar o'rtasida: 1-o'rin Xojibarno Rahimberdiyeva, 2-o'rin Madinaxon Otaqo‘ziyeva, 3-o'rin Tursunoy Xolmuhammadovalar egalladi.

"Zakovat" intellektual o‘yinida (jamoaviy) 1-o'rin "UNSTOPPABLE" jamoasi, 2-o'rin "SARAFROZ" jamoasi, 3-o'rin esa "ALCADRON" jamoasi egalladi.

- Fotosuratlar tanlovi bo'yicha: 1-o'rin Shukurullo Xoldarov, 2-o'rin Dilshodbek Qosimjonov, 3-o'rin Behruz Xolmuratov.   

Sheʼriyat kechasi tanlovi boʻyicha: 1-o'rin Nasibaxon Ibrohimova, Zilolaxon Egamberdiyeva, 2-o'rin Xidoyatxon Mamarasulova, 3-o'rin esa Durdonaxon Foziljonovaga nasib qildi. 

G'olib va sovrindorlar universitet ma'muriyati tomonidan esdalik sovg'alari hamda I,II,III-darajali diplomlar bilan taqdirlandi. G'oliblarimizni universitet Yoshlari nomidan samimiy qutlab, kelgusidagi ilmiy faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaymiz.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.