Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 24-sentyabrdagi buyrugʻi hamda Andijon davlat universiteti rektorining 2022-yil 14-noyabrdagi buyrugʻini ijrosini taʼminlash maqsadida Tarix fakulteti dekani R.Shamsitdinov boshchiligida ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarni kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish boʻyicha ijara xonadonlariga tashriflar uyushtirildi.
2022-2023-oʻquv yilida ijarada turuvchi talabalar soni 130 nafar boʻlib, ular 46 ta ijara xonadonlarida istiqomat qilmoqda, talabalar turar joyida jami 194 nafar talaba joylashgan boʻlib, ulardan 59 nafar oʻgʻil bollar, 135 nafar qizlar istiqomat qilmoqda.
Rektor buyrugʻiga asosan kuz – qish mavsumi davomida uzluksiz ravishda talabalarning ijara xonadonlariga tashrif buyurish reja grafigi ishlab chiqildi. Rejaga muvofiq 2022-yil 17-noyabr hamda 9-dekabr kunlari fakultet dekani R.Shamsitdinov, dekan oʻrinbosari I.Djumaboyev va tyutorlar 96 nafar talaba istiqomat qilayotgan 38 ta xonadonda suhbatlar oʻtkazdi. Suhbatlarda, kuz –qish mavsumini betalofat oʻtkazish, favqulodda vaziyatlarda talabalarning qanday xatti–harakat qilishlarini tushuntirish, tabiiy gazdan foydalanish, yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilish va sogʻlom turmush tarziga targʻib qilish boʻyicha tushuntirish ishlari va oʻrganishlar olib borildi.
Oʻrganishlar natijasida 2 ta xonadonda istiqomat qilayotgan 8 nafar talaba ijara shartnomasini tuza olmayotganligi, uy egasi shartnoma tuzmoqchi emasligi aniqlandi. Bu boʻyicha talabalarni boshqa ijara xonadoniga koʻchirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, ijara xonadonlarini isitish tizimlaridagi nosoz holatlarni bartaraf etish boʻyicha ijara xonadon egasi va talabalarga 2 kun muddat berildi. Qilingan ishlar boʻyicha tyutorlar nazoratga olishi belgilandi.
Talabalar turar joyi oʻrganilganda isitish tizimi boʻyicha muammolar aniqlanmadi. Ammo, talabalar ovqat tayyorlanadigan oshxonada havo aylanish tizimi mavjud emas, ovqat tayyorlanishda havo tashqariga chiqib ketmasdan yotoqxonalargacha kirishi kuzatildi. Bu har bir qavat oshxonasida bunday holat kuzatilmoqda.
Fakultet dekani R.Shamsitdinov ijara xonadon sohiblariga ijarachi talaba ichki ishlar organlari tomonidan ushbu xonadonga vaqtincha roʻyhatga olinishini, uy egasi muntazam aloqada boʻlishi, ijarachi talabani doimiy nazorat qilishi, oʻqishga borishi va kelish vaqtlarini belgilab, turli xil koʻngilsizliklardan yaʼni ichkilik, kech kelish kabi noxush holatlarni oldini olishini, agar bunday holatlar kuzatilsa, birinchi navbatda tyutorga murojaat qilish kerakligini ham alohida taʼkidlab oʻtdi. Suhbat daovmida talabalarni muammo va takliflari oʻrganildi. Fakultet dekani tomonidan tyutorlarga kerakli koʻrsatmalar berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI