Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA DAVLATIMIZ MADHIYASINING 30 YILLIGI MUNOSABATI BILAN MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIR BO'LIB O'TDI
2022-12-10    683

Bugun, 10-dekabr kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida Madhiya qabul qilingan kun munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Ushbu tadbirda universitet prorektorlari, fakultet dekanlari, dekan o'rinbosarlari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirni universitet birinchi prorektori A'zamjon Hamraqulov ochib berdi va yig'ilganlarni davlatimiz ramzi bo'lgan madhiya qabul qilingan kun bilan samimiy qutladi.

Shundan so'ng, Filologiya fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori Bahodir Rahmonov so'zga chiqib, madhiyaning yaratilish tarixi, uning so'zi va musiqasini saralash jarayonlari haqida so'zlab berdi.

Tadbir davomida adabiyotshunoslik kafedrasi dotsenti Halimjon Karimov ham shu sanaga doir qiziqarli ma'lumotlar bilan o'rtoqlashib, yig'ilganlarga foydali ma'lumotlar berib o'tdi.

Tadbir so'nggida jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Osiyo chempioni O'g'iloy Kenjaboyeva final bosqichida g'alaba qozongach, medal topshirish jarayonida davlat madhiyasi yangragani, ana shunda madhiyaning kuchi va mas'uliyatini boshqacha his etganligini to'lqinlanib, gapirib berdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.