Bilamiz, korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga bolta uradigan, har qanday tuzilmani halokatga olib keluvchi jirkanch illatdir.
Bugun, 9-dekabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni" munosabati bilan "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Ushbu davra suhbatida Bosh prokuratura huzuridagi deportamentning ikkinchi darajali yuristi S.Qurbanov, Andijon viloyati IIB tergovchisi Sh.Boqijonov, universitet` katta yurist-konsulti Moʻtabarxon Sodiqova, korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi, professor-o'qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Muloqot avvalida Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev Oʻzbekistonda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, kelgusidagi rejalar va dolzarb masalalar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Shuningdek, ma’ruzachilar tomonidan korrupsiyaning tarixiy ildizlari va uning kelib chiqish sabablariga to‘xtalib o‘tildi hamda hozirgi kunda yurtimizda ushbu illatning oldini olish bo‘yicha barcha huquqiy asoslar yaratilgani ma’ruzachilar tomonidan e’tirof etildi.
Tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar o'zlari uchun muhim va kerakli bo'lgan xulosalarni oldi va sana munosabati bilan o’tkazilgan tanlovlarda g’olib bo’lgan bir guruh talabalar universitet rektori tomonidan taqdirlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI