Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA" KONSTITUTSIYA-BAXTIMIZ QOMUSI" MAVZUSIDA TADBIR BO'LIB O'TDI
2022-12-07    462

Bugun 7-dekabr universitetimizning katta majlislar zalida 8-dekabr Konstitutsiyamizning 30 -yilligi munosabati bilan "Konsitutsiya-baxtimiz qomusi" mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti dekani X.Mansurov, yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M.Turg'unov, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Dastlab fizika-matematika fakulteti dekani,dotsent Xotamjon Mansurov so'z olib, universitetimiz professor-o'qituvchilarini hamda talaba-yoshlarni ushbu kun munosabati bilan tabriklab tadbirni ochib berdi.

Bayramga o'zgacha shukuh bilan tayyorgarlik ko'rgan tadbir tashabbuskorlari tomonidan bayramona raqslar, bayramona kuy-qo'shiqlar yangray boshladi. Davraga o'zgacha hursandchilik ulashgan jozibador raqslar-u diltortar navolar tadbir ishtirokchilarini xushnud etmay qo'ymadi.

Tadbir ko'tarinki kayfiyat ostida davom etar ekan, fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan jonli ijro ostida mustaqillik kuylari yangradi. Tadbir qatnashchilari jo'rligi bilan yangragan navolar ko'ngillardan joy oldi va tadbir qatnashchilari olqishiga sazovor bo'ldi.

Tadbir so'ngida tadbirda faol ishtirok etgan talabalar fizika-matematika fakulteti tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.