Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETINING BIR GURUH PROFESSOR-O'QITUVCHILARI “OʻZBEKISTON KONSTITUTSIYASINING 30 YILLIGI” ESDALIK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI
2022-12-07    593

Bugun, 7-dekabr kuni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev tomonidan universitetimizda ko'p yillardan buyon faoliyat olib borayotgan faxriy ustozlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi tegishli farmoniga koʻra “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirladi.

Jumladan, faxriy ustoz, akademik Sirojiddin Zaynobuddinov, filologiya fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori Bahodirjon Rahmonov, rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Vitaliy Karashuk, rus tili va adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi Go'zal Rahmatullayeva, falsafa kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori Faridaxon Yuldasheva, falsafa kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori To'lanboy Artiqov, mehnat ta'limi kafedrasi professori Abduqahhor Zaparov, fizika kafedrasi dotsenti, Abdulhakim Hakimov, Andijon davlat universiteti doktoranti, fuqarolik jamiyati kafedrasi o'qituvchisi Habibullo Husanov, Gulnozaxon Rahmatullayeva, axborot resurs markazi birinchi toifali kutubxonachisi Odinaxon Salimovalar munosib taqdirlandilar.

 

                                      

Barcha taqdirlangan ustozlarni ushbu munosib eʼtirof bilan tabriklaymiz hamda kelgusi ilmiy-pedagogik faoliyatida zafarlar tilab qolamiz!

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.