Bugun, 7-dekabr kuni butun respublika boʻylab Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 30 yilligi keng nishonlanmoqda. Shu jumladan, Andijon davlat universitetida ham ushbu sana munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbir avvalida, viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi Zoom platformasi orqali oʻqib eshittirildi.
Tadbirni oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Rustamjon Mullajonov oʻz so'zi bilan ochib berdi va barcha qatnashchilarni qomusimizning 30 yilligi bilan samimiy qutladi.
Mazkur tadbirda universitet prorektorlari, fakultet dekanlari, dekan o'rinbosarlari, boʻlim boshliqlari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tantanali tadbirda iqtidorli talabalarimiz tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-taronalar va sahnaviy chiqishlar ijro etildi.
Kuy-qoʻshiqlar va universitetning iqtidorli talabalari ishtirokidagi badiiy chiqishlar yigʻilganlarda katta taassurot uygʻotdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI