Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA "KONSTITUTSION ISLOHOTLAR YANGI O'ZBEKISTON POYDEVORI" MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY ANJUMAN O'TKAZILDI
2022-12-06    453

Bugun, 6-dekabr kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida Qomusimizning 30 yilligiga bagʻishlangan “Konstitutsion islohotlar Yangi Oʻzbekiston poydevori” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

Mazkur anjumanda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish a'zosi, professor Sherzodbek Zulfiqorov, Oliy majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakilining (Ombudsmanning) Andijon viloyati vakili Gulnoraxon Abdulvohidova, Adliya boshqarmasi maslahatchisi Alisher Xasanov, Andijon viloyati IIB vakili Barnoxon Mirzayeva, ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti dekani, professor Talantbek Madumarov professor-o'qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Ushbu konferensiyani Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev kirish soʻzi bilan ochib, yigʻilganlarni Konstitutsiyamizning 30 yilligi bilan samimiy qutladi.

Shundan soʻng, Jamoat xavfsizligi universiteti kafedrasi boshligʻi, yuridik fanlari doktori, professor Sherzod Zulfiqorov soʻzga chiqib, “Konstitutsiyaviy oʻzgarishlar xalq manfaatlari yoʻlida” nomli maʼruzasida Qomusimizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati, yoshlarimiz qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish haqida so‘zlab, bayram bilan barchani samimiy qutladi.

Ushbu konferensiyada Oliy majlisning Inson hquqlari bo'yicha vakilining (Ombudsmanning) Andijon viloyati bo'yicha Mintaqaviy vakili Gulnoraxon Abdulvohidova, Adliya boshqarmasi maslahatchisi Alisher Xasanov, Andijon viloyati IIB vakili Barnoxon Mirzayeva va boshqa soha mutaxassislari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, O‘zbеkiston Rеspublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan barcha qatnashchilarni tabrikladilar.

 Konferensiya kun tartibiga qoʻyilgan barcha maʼruzalar tinglandi va yakunda yigʻilganlar tomonidan savol-javoblar tashkil etildi.

 

 

 

 

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.