Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA NOGIRONLAR KUNI MUNOSABATI BILAN MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIR O'TKAZILDI
2022-12-06    371

Kuni kecha mamlakatimizda “3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan turli tadbirlar, aksiyalar va uchrashuvlar tashkil etildi. Bu borada qator amaliy ishlar olib borildi.

 

Shu jumladan, Andijon davlat universitetida ham ushbu sana munosabati bilan ma'naviy-marifiy tadbir tashkil etildi.

 

Ushbu tadbirda universitet prorektorlari, fakultet dekanlari, dekan o'rinbosarlari va talabalar-yoshlar ishtirok etdi.

 

Tadbirda universitetda tahsil olib kelayotgan 150 dan ziyod imkoniyati cheklangan talabalar universitet  xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi bo'limi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

 

Bundan tashqari, imkoniyati cheklangan talabalar oʻrtasida “Eng yaxshi talaba” tanlovi gʻoliblari ham universitet rektori Akramjon Yuldashev tomonidan qimmatbaho sovgʻalar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

 

Oʻtkazilgan tadbir yigʻilganlarda katta taassurot uygʻotdi. Zero, birdamlik va hamjihatlik har bir ishning bosh mezoni boʻlmogʻi zarur.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.